" Konstitutsiya erkinligimiz kafolati "
Har bir inson òz haq huquqini, davlatining qonunlarini bilishi kerak. Zero òz haq huquqini yaxshi bilgan inson: òzini, oilasini , millatini va albatta, vatanini , hech bir shubhasiz, himoya qila oladi.
Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini kòzlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Òzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Muqaddimasida yozib qoyilganidek ; Òzbekiston xalqi: inson huquqlariga va davlat suvereniteti ģoyalariga sodiqligini tantanali ravishda e'lon qilib hozirgi va kelajak avlodlar oldidadagi yuksak mas'uliyatini anglagan holda, òzbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon etadi. Bundan kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki, Òzbekiston Konsititutsiyasining har bir qonunida inson manfatlari kòzda tutilgan.
Bunga yaqqol misol qilib Konstitutsiyaning 13 moddasini olsak: "Òzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga kòra inson , uning hayoti erkinligi , sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari Oliy qadriyat hisoblanadi."
Demakratik huquq va erkinliklar Konstututsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Avvalo biz yoshlar òz haq huquqimizni yaxshi bilishimiz lozim. Lekin ayrim insonlar òz haq huquqiga , hatto qiziqmayapti, kurashmaydi, buning uchun ularga nima xalal beryapti? "Qush inida kòrganini qiladi"- deganlaridek yoshlar ham birinchi bòlib oilasidan tarbiya oladi.
Shunda ayrim ota-onalar bolani qiziqishini chòktirib qoyishadi, chunki òzlari ham haq huquqlarini yaxshi bilishmaydi. Bizning haq huquqlarimiz nima?
- Inson tuģilgani bilan unga yashash huquqi beriladi.
- Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
- Har kim fikrlash , sòz va e'tiqod erkinligi huquqiga ega.
- Hechkim qiynoqqa solinishi, zòravonlika, shavqatsiz yoki inson qadr- qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqaga duchor etilishi mumkin emas.
- Hech kimga uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar òtkazilishi mumkin emas .
- Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega.
- Har bir shaxs bevosita òzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan muroja'at qilish huquqiga ega.
Yuqorida kòrsatilgan shaxsiy huquq va erkinliklarni har birimiz yaxshi bilishimiz kerak. Har bir kelajak avlodni ongiga sigdirishimiz lozim. Ta'lim muassasalarida huquq fani o'tilgani bilan yoshlar òz haq huquqlarini yaxshi bilishmaydi. Negaki, ta'lim tizimida huquq faniga e'tibor kam. Axir Konstitutsiya erkinligimiz kafolati. Biz òz erkinligimizni yaxshi bilishimiz kerak emasmi ?!
Hozirda prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev Konstitutsiyaga kòp òzgartirishlar kiritdilar. 5 ta strategik harakat ishlab chiqildi. Undan tashqari har bir viloyatda , har bir tumanda " Xalq qabulxonalari " ochildi . Bunda inson manfaatlari kòrib chiqiladi. Bularninig hammasi erkinligimiz kafolatidir.
Men faxr va iftixor bilan shuni ayta olamanki: Òzbekistonda tuģilganimdan xursandman, zero, davlatimiz suveren demakratik davlat. Bizning yurtda xamma teng huquqli, xechkim oģir mehnatga, qullikka majbur etilmaydi.
Azaldan biznining insonlar bir birlarini va qonunlarimizni doim hurmat va ehtirom bilan qòllab kelishgan. Òzbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat : òzini huquqi va majburyati bilan boģlanib turadi.
Feruza Sharipova......
3 Comments
ASSALOMUALEYKUM!
ReplyDeleteSalom
ReplyDeleteIjodizga omad dugonajonim
ReplyDelete