Uzbekistan

" Inson aziz, xotira muqaddas" 

Dunyoga kelgan har bir inson òz toleyi bilan tuģulib, bu uning taqdirida aks etadi, ammo, òz taqdiri, xalq taqdirida iz qoldirgan insonlar sanoqlidir.
Hammamiz yaxshi bilamiz Urush tufayli biz uchun jonini fido qilganlar juda kòp. Biz ularni doim xotiralaymiz, hech qachon unutmaymiz. 
Otamiz,  bobomiz, Yurtboshimiz bòlmish Islom Karimov tufayli: Òzbek xalqi shuncha yòqotishlardan, qiyinchiliklardan sòng,  oxir- oqibat mustaqillikka erishdi.
Afsus nadomatlar bòlsinki, ular ham bizni tark etdilar. Òzbekistonni gullab yashnashiga, erkin , mukammal bòlishida bu insoni hissalari juda katta. Hozirda Òzbekiston " Qurolik kuchlari" ular tufayli Òrta Osiyo bòyicha birinchi òrinda turibdi.
Butun Dunyo bòyicha 39- òringa chiqdi. Boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabatlar òrnatdilar. Ularni "Hech bir soha, mamlakatni sportchalik tezda  dunyoga mashhur qila olmaydi" degan  sòzlari, hech bir shubhasiz 2016 yil Rio- de Janeryada bòlib òtgan yozgi olimpiadada ispotini topdi. Lekin, shuncha yuksalishdan sòng òzbek xalqi chuqur qayģuga botdi. Har bir ishni yakuni  bòlgani kabi, inson bu dunyoni tark etadi, lekin uning xotirasi qalblarda abadiy qoladi .
Islom Abduģaniyevich Karimovning xotiralariga baģishlab kòplab  ishlar olib borildi. Xususan, Shavkat Miramonivoch Mirziyoyevning òzlari ham Islom Karimovning xotiralariga baģishlab Ona Vatanlari Samarqandda va poytaxtimiz Toshkentda haykallarini òrnatdilar. Òzbekiston "Avio" kompaniyasi ularning nomlariga baģishlandi . Ular haqida qancha gapirsak ham oz. 
Biz ularni hech qachon unutmaymiz. Ular doim qalbimizda !!!


Feruza Sharipova....

Post a Comment

0 Comments