Adiblar Xiyoboni .

 Adiblar Xiyoboni .



20 may 2020 yil poytaxtimizda joylashgan Milliy boģda prezdentimiz tomonidan Adiblar Xiyoboni barpo etildi. Men uchun bu yerga kelish juda katta baxt edi. Chunki bu yerda buyuk bobomiz Alisher Navoiy xamda boshqa atoqli adib va ​​shoirlarimiz xaykallari hayot va ijod yoʻllarini kòrishingiz mumkin.


Xiyobon atrofida aylanar ekanmiz xozirgi yoshlardan nega shunday shoirlarimiz chiqmayapti deb òylab qolamiz.


Negaki biz bobokalonlarimiz kabi adabiyotga òz tilimizga qiziqishni his qilmayapmiz. Chet el tillari orqasidan òrganishga boshqa davlatlarga borishni orzu qilamizu òzimizni tariximizni buyuk shoirlarimizni yaxshi bilmaymiz.

Òzbekistonda yashab turib òz tilimizda yaxshi sòzlay olmasak Chet elga yurtimizni qanday qilib tanitamiz? Shuni bir òylab kòrdingizmi?

Men Xiyobonni aylanib yurib xammadan malumot olishga tushdim qiziqishlarim ichimga siģmay ketardi. 

U yerdagilarni aytishicha Milliy boģda faqat Alisher Navoiyning xaykallari bòlgan ekan.


Kòpchilik bu yerga kelganlar Alisher Navoiydan keyin taniqli shoirlar, adiblar bòlmagan deb òylamasliklari uchun prezdentimiz tomonidan 20 dan ortiq taniqli adiblarimiz xaykallari barpo etilibti.

Ular orasida: Bobur, Ogahiy, Muqumiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Chòlpon, Qodiriy, Tòlepbergan, Qoyipbegenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandir Faynberg ning xaykalri,

kompozitsiyalari qad roslab
Lekin men bunday adiblarimiz orasida yana atoqli shoirlar kòp bòlganini va ularning ham xaykallari va ijodlari "Adiblar xiyoboniga" joylanishini juda xohlardim.

Va albatta yoshlarimiz orasida turli tadbirlar òtkazib maktab oquvchilarini xiyobonga Olib borib shoirlar hayotini kòrib òrganishga yordam bersak ular ham adabiyotga,òzbek tiliga bòlgan ishtiyoqlari oshgan bòlardi .
FERUZA SHARIPOVA
Telegram kanal-@ommaviydunyo

Post a Comment

0 Comments